Habib yana oktagondan sakrab chiqdi (video)

Sport

Avvalroq, UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang qilib, chempionlik kamarini himoya qilgani haqida xabar bergan edik.

Rossiyalik sportchi Dastin Poreni mag‘lub etgach, oktagondan sakrab chiqib, UFC prezidenti Deyna Uaytga otildi.

Uning oldiga kelib, jangchi Uaytni quchoqladi. Rossiyalik sportchining hissiy harakati aks etgan video UFC`ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga joylandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Habib Nurmuhamedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang qilib, g‘alaba qozongandi. Jangdan keyin Nurmuhamedov oktagondan sakrab chiqib, Makgregor jamoasidagilar bilan janjallasha ketgandi. Natijada Nurmuhamedov 9 oyga, Makgregor 6 oyga diskvalifikatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Dastin Por'e

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing