Habib o‘zining “o‘rinbosari” kim bo‘lishini aytdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhamedov o‘zidan keyin promoushenda yengil vazn toifasida kim eng yaxshisi bo‘lishi haqida fikrini bildirdi.  

"Bu yil oxirida yoki kelasi yil boshida Islom Maxachev eng yaxshisi bo‘ladi. Ehtimol, odamlar meni shunchaki targ‘ib qilyapti, deb o‘ylashi mumkin, ammo unday emas. Men shunchaki bu yigitning qanchalik yaxshi ekanini bilaman", degan Habib "UFC Fight Pass" efirida. 

Avvalroq, Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi Abubakar Nurmuhamedov sobiq chempionning karerasidan keyingi hayoti haqida gapirib bergandi.  

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning kuzida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Habib faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

UFC rahbari Dana Uayt jangchini sportga qaytishi uchun harakat qildi, ammo 19 mart kuni u rossiyalikning butunlay "iste’foga chiqqanini" e’lon qildi.

32 yoshli Habib faoliyati davomida 29 marotaba oktagonga ko‘tarilib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan: 29 jang, 29 g‘alaba.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Habib

Baholaganlar

809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing