Roberto Karlos islom dinini qabul qildi 

Sport

image

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Roberto Karlos islom dinini qabul qildi. Bu haqda Turkiyaning hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi a’zosi Ali Shohin Braziliya musulmon jamoasining vakillari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

Shohinning so‘zlariga ko‘ra, Roberto Karlos haqidagi ma’lumotni unga Shayx Jihod Hammadeh yetkazgan. “Real Madrid” va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi u bilan bir muddat aloqada bo‘lib turgan va taxminan to‘rt hafta oldin shaxsan uchrashgan.

Aytilishicha, aynan shu uchrashuvda Roberto Karlos shahodat kalimasini aytib, islom dinini qabul qilgan.

“Shayx Jihod Hammadeh Roberto Karlos u bilan uzoq vaqtdan beri aloqada bo‘lib kelganini va to‘rt hafta oldin uning oldiga kelib, shahodat kalimasini aytib, Islomni qabul qilganini aytdi. Men Roberto Karlosni tabriklayman va unga hamda uning oilasiga tinchlik, sog‘lik va farovonlik tilayman”,  deb yozgan Ali Shohin.

Biroq Roberto Karlosning o‘zi hozircha islom dinini qabul qilgani haqida rasmiy bayonot bermagan. Shu sababli ushbu ma’lumot hozircha uning o‘zi tomonidan tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Roberto Karlos futbol tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. U Yevropadagi faoliyatining katta qismini “Real Madrid” safida o‘tkazib, klub bilan to‘rt marta Ispaniya chempioni va uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, Braziliya terma jamoasi bilan 2002 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Braziliyalik futbolchi 2007-2009 yillarda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi safida ham to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli Roberto Karlos marokashlik Suhayla Ettahiriga uylangandi. U futbol sohasida faoliyat yuritadi va FIFA litsenziyasiga ega futbol agenti hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing