Habib o‘zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada harakat qildi
Sport
−
26 yanvar 2021
12480Avvalroq, UFC chempioni Habib Nurmuhamedov professional futbolchi sifatida karerasini boshlash niyatida ekanligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Kecha, 25 dekabr kuni Habib Nurmuhamedov Moskvaning “Spartak” klubida mashg‘luot o‘tadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda Habib “Spartak”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Oston O‘runov bilan bir jamoada harakat qilgan.
“Mening jamoam shu ko‘rinishda. G‘ayrat va shijoatimiz raqibning o‘yin amaliyotidan ustun edi”, deb izoh qoldirgan Habib.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov o‘tgan yilning 24 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida amerikalik MMA jangchisi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, professional faoliyatini tugatganini e’lon qildi.
Rossiyalik jangchi faoliyati davomidagi 29 ta jangda 29 bor g‘alabaga erishgan.
LiveBarchasi