Habib Trampdan Falastindagi urushni to‘xtatishni so‘radi (video)

Sport

image

Amerikaning Nyuark shahrida o‘tkazilgan UFC 302 turnirining markaziy jangidan so‘ng rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedov AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, unga Falastindagi urushni to‘xtata olishida ishonch bildirdi.

“Ishonchim komilki, siz Falastindagi barcha urushlarni to‘xtata olasiz”, dedi Habib Trampga.

Sobiq prezident esa Nurmuhammedovni tarixdagi eng yaxshi jangchilardan biri ekanligini aytib, urushni to‘xtatishga va’da berdi.

“Biz bu urushni to‘xtatamiz. Men bu urushni to‘xtataman”, degan Tramp.

Qayd etish joiz, UFC 302 turnirning asosiy jangi yengil vazn toifasida amaldagi chempion, rossiyalik Islom Maxachev va amerikalik Dastin Pore o‘rtasida kechdi. To‘qnashuvda Islom Maxachev o‘z unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jang besh raund davom etdi va oxirgisida Islom bo‘g‘ish uslubi bilan raqibidan ustun keldi.

Islom uchun bu yengil vazn toifasidagi (70 kg gacha) uchinchi himoya jangi bo‘ldi. Maxachev chempionlik unvonini himoya qilish bo‘yicha Habib Nurmuhammedov bilan tenglashib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhammedov Donal'd Tram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing