Habib sportdan kalamush singari qochib ketgan — Konor

Sport

image

 

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni rossiyalik Xabib Nurmuhamedov haqida gapirdi.

“Rostini aytsam, men Habib haqida o‘ylamayman ham. U hali sportda hech narsa qilmadi. Barcha raqiblar kuchga to‘lgan vaqtda kichkina kalamush kabi qochib ketdi”, dedi Konor.

Ma’lumot uchun, 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan UFC 254 turnirida 32 yoshli Nurmuhamedov Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi. Jangdan keyin rossiyalik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U MMA sportida o‘tkazgan 29 ta jangining barchasida, shu jumladan UFC promoushenida 13 ta jangda g‘alaba qozongan. 

Getjiga qarshi bahs, Habib uchun otasi — Abdulmanap Nurmuhamedov vafot etganidan keyingi birinchi va oxirgisi bo‘ldi. Joriy yilning 19 mart kuni UFC prezidenti Dena Uayt “burgut”ning “nafaqa”ga chiqqanini rasman tasdiqlagan edi.

Konor Makgregor esa, joriy yilning 11 iyul kuni Dastin Porega qarshi jang o‘tkazadi. Bellashuv g‘olibi chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Xabib Nurmuhamedov Jastin Getji UFC 264

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing