Habib sevimli jangchilari kimligini ma’lum qildi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov MMA tarixidagi o‘zining sevimli jangchilari nomini aytdi.

“Bolaligimda 2-3 nafar jangchining chiqishlarini kuzatib borardim. Men 16 yoshda bo‘lganimda, ular juda yuqori formada edi. Fyodor Yemelyanenko, Maurisiu Rua va Jorj Sen-Per o‘z faoliyatlarida cho‘qqiga chiqqan paytlar edi. Ular bilan birinchi marta shaxsan uchrashganimda, juda hayajonlangandim ”, deydi Habib.

Habib Nurmuhammedov 2020 yil oktyabr oyida amerikalik Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, professional faoliyatini yakunlagan edi. 

Umumiy hisobda Nurmuhammedov  UFC'da 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib

Baholaganlar

431

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing