Habib professional futbolchi bo‘lish istagi haqida gapirdi 

Sport

image

Rossiyalik jangchi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmuhamedov professional futbolchi bo‘lish istagi haqida e’lon qildi. Bu haqda "Match TV" xabar bergan. 

Sportchi azaldan futbolga qiziqadi, shuningdek, u Madridning "Real" klubi muxlisi hisoblanadi. 

Habibning portugaliyalik "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ham munosabatlari yaxshi. 

"Bunday istak bor. Albatta. Bu bolalik orzusi. Futbol sport qiroli hisoblanadi", degan jangchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng iste’foga chiqishga qaror qilgan. 

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u onasiga yozda koronavirus infeksiyasi asoratlari tufayli vafot etgan otasi Abdulmanap Nurmuhamedovsiz jang qilmaslikka va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib

Baholaganlar

122

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing