Habib Nurmuhamedov UFC 253 musobaqasida jang qilmaydi

Sport

image

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmuhamedov sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqada jangga chiqmaydi. Bu haqda sports.ru nashri xabar bermoqda.

Rossiyalik jangchining menejeri Rizvan Magomedov sportchi UFC 253 musobaqasida qatnashmasligini ma’lum qildi. U musobaqaning asosiy jangida amerikalik muvaqqat chempion Jastin Getji bilan kuch sinashishi kerak edi. 

Endilikda asosiy voqea o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni Isroil Adesanya va Paulo Kostaga qarshi bo‘ladigan jangdir. Shu bilan birga UFC Habibning o‘rniga Getji bilan Dastin Pore jang qilishi mumkinligini ham bildirgan.

Ma’lumot uchun, Jastin Getji Toni Fergyuson bilan bo‘lgan jang g‘olib bo‘lib, vaqtincha chempionga aylandi. U endilikda Habib bilan jang qilishi kerak edi.

UFC`da 28 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan Habib Nurmuhamedovning esa sakkizburchakka qaytishi noma’lum bo‘lib turbdi. UFC`ning sobiq chempioni amerikalik Daniyel Korme, rossiyalik sportchi katta ehtimol bilan oktagonga qaytmasligini aytgandi.

Shu yilning iyul oyi boshida rossiyalik sportchining otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedov 58 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Nurmuhamedovning so‘nggi jangi 2019 yil 7 sentyabrda bo‘lib o‘tgandi. U amerikalik Dastin Pore bilan jang qilib uni mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 253 musobaqasi shu yilning 19 sentyabrida amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Jastin Getji

Baholaganlar

572

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing