UFC 291: Pore va Getji jang qiladigan turnirning to‘liq kardi e’lon qilindi

Sport

image

Ertaga, 30 iyul tongida AQSHning Solt-Leyk Siti shahrida UFC 291 turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning markaziy jangida yengil vazn toifasi vakili amerikalik Dastin Pore hamyurti Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ular o‘rtasidagi bahs BMF kamari uchun kechadi.

Kecha, 28 iyul kuni UFC 291 da qatnashadigan jangchilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.

Mazkur turnirning to‘liq kardi hamda jangchilarning tarozida qayd etgan og‘irligi quyida keltirilgan.

Markaziy jang: 

• yengil vaznda BMF kamari uchun: Dastin Pore (70,3 kg) – Jastin Getji (70,76 kg).

Asosiy kard:

• yarim og‘ir vaznda: Yan Blaxovich (92,98 kg) – Aleks Pereyra (93,21 kg);

• yarim o‘rta vaznda: Stiven Tompson (77,33 kg) – Mishel Pereyra (78,92 kg);

• yengil vaznda: Toni Fergyuson (70,3 kg) – Bobbi Grin (70,53 kg);

• yarim o‘rta vaznda: Maykl Keza (77,11 kg) – Kevin Xolland (76,88 kg).

Prelim kard:

• yarim o‘rta vaznda: Gabriel Bonfim (77,11 kg) – Trevin Jayls (77,11 kg);

• og‘ir vaznda: Derrik Lyuis (119,52 kg) – Markos Rojerio De Lima (118,84 kg);

• o‘rta vaznda: Roman Kopilov (83,91 kg) – Klaudio Ribeyro (84,14 kg);

• yarim o‘rta vaznda: Jeyk Mettyus (77,11 kg) – Darrius Flauers (93,21 kg).


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Jastin Getji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing