Habib mendan qo‘rqadi – Makgregor yana tilga kirdi

Sport

image

UFC bo‘yicha ikki vazn toifasida sobiq chempioni, 32 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor UFC’ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan “revansh” jangi haqida gapirdi.

“Fikrimcha, Nurmuhamedov men bilan jang qilishdan qo‘rqadi. Bu aniq va buning uchun uni ayblamayman. O‘sha kecha men eng yomon jismoniy holatimda eng yaxshi Xabibga qarshi jang qilgandim”, deydi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregor o‘zaro 2018 yilda to‘qnash kelishgan. O‘sha jangda Konor “Dog‘iston burguti”ga qarshi uch daqiqa chidab berib, mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Geytjeni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi.

Kecha, 15 yanvar kuni UFC prezidenti Dana Uayt sportchining kelajagini muhokama qilish uchun Habib Nurmuhamedov bilan uchrashdi. Biroq, muzokaralar natijasi hanuzgacha ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Habib Nurmuhamedov “Janglar oroli”

Baholaganlar

1258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing