Habib Konorning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Sport

image

Bugun, 24 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 257 turnirining asosiy jangida irlandiyalik Konor Makgregor raqibi amerikalik Dastin Puarega imkoniyatni boy berdi.

Jangdan so‘ng, Konorning ashaddiy raqibi rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov Twitter sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

“Seni chempionlikka olib chiqqan o‘z jamoangdan voz kechib, sparing-sherigingni tashlab ketsang va kelajagi reallikdan uzoqda bo‘lgan yosh bolalar bilan shug‘ullansang, yakuni mana shunaqa bo‘ladi”, deydi Habib.

Bugun, 24 yanvar kuni Abu-Dabining “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 257 turnirining asosiy karterida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov ham oktagonga ko‘tarildi va amerikalik raqibini 3-raundda texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozondi


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Habib Puar'e Janglar oroli

Baholaganlar

2695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing