Habib futbolchilik faoliyatini boshlaydi — OAV
Sport
−
04 Iyun 2021 14006 1 daqiqa
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov faoliyatini futbolda davom ettiradi. Sportchi Rossiyaning ikkinchi divizioni klubi — Mahachqal’aning “Legion-Dinamo” jamoasi bilan shartnomaga imzo qo‘ydi.
Xabarlarga ko‘ra, Habib klub prezidenti Shamil Laxiyalov bilan shartnoma borasida kecha, 3 iyun kuni kelishuvga erishgan. Shartnoma esa bugun, 4 iyun tongida imzolangan. Biroq, hozircha maosh masalasi ochiqlanmadi.
Avvalroq Habib o‘zining Instagram sahifasiga futbol o‘ynayotgani tasvirlangan videoni joylagan, bunga esa Shamil Laxiyalov o‘z munosabatini bildirgan edi.
Abdulla Mannonov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr