Habib futbol bo‘yicha “Afsonalar kubogi”da ishtirok etadi 

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov futbol bo‘yicha Moskvadagi “Afsonalar kubogi” xayriya o‘yinida ishtirok etishini ma’lum qildi. Turnir joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

“Futbol uchun rejalar yo‘q. 11 sentyabr kuni Moskvada “Afsonalar kubogi”ni o‘tkazamiz. Bu yerga o‘tmishning afsonaviy futbolchilari keladi. Meni 20 yil avvalgi futbol yulduzlari bilan o‘ynashga taklif qilishdi, bu xayriya uchrashuvi bo‘ladi. O‘zim muxlislik qilgan yulduzlarga qarshi o‘yin qiziq bo‘ladi”, deydi Nurmuhamedov TASSga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Habib faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. U Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, 2020 yilning oktyabr oyida MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Habib onasiga birinchi murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmuhamedov vafotidan keyin boshqa jang qilmaslikka va’da berganini ta’kidlagan edi. Shundan so‘ng, UFC prezidenti Dena Uayt bir necha bor uni oktagonga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, lekin barcha takliflar rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing