Habib faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgan?
Sport
−
06 noyabr 2020
39544Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmuhamedov faoliyati davomida qancha mablag‘ga ega bo‘lgani hisoblab chiqildi. Bu haqda "Eurosport" xabar bergan.
Habib MMA’dagi faoliyatini 2008 yilda boshlagan. U 2018 yilda faoliyatining cho‘qqisiga chiqqan va gonorari sezilarli darajada oshgan.
2018 yil 1 iyunidan 2019 yil 31 mayiga qadar Habib 11,5 million dollar ishlab topgan. 2019 yil 1 iyunidan 2020 yil 31 mayiga qadar ham sportchi 11,5 million dollarga ega bo‘lgan. Habibning MMA’dagi butun faoliyati davomida ishlab topgan puli esa 30 million dollarga yaqin.
Sportchi eng katta gonorarlarini qaysi janglari orqali qo‘lga kiritgan?
Habib Konor Makgregor bilan jangdan 2 million dollar, Dastin Pore bilan jangdan 4 million dollar, Jastin Getji bilan jangdan esa 3 million 90 ming dollar qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi.
Keyinroq, UFC Prezidenti Dana Uayt Habib otasi uchun oktagonga qaytishi va 30-g‘alabasini ham qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi