Habib eng yaxshi MMA jangchisi bo‘lishga da’vogarlik qiladi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov “Aralash uslubdagi eng yaxshi jangchi (MMA)” nominatsiyasida ESPYS Awards-2021 mukofotiga nomzod bo‘ldi. Bu haqda mukofot rasmiy saytida xabar berilgan.  

Shuningdek, ushbu sovrin uchun UFC chempionlari Frensis Ngannu, Amanda Nunes va Rouz Namayunas ham kurash olib bormoqda. 

Amanda Nunes tennischi Naomi Osaka, gimnastikachi Simona Baylz va basketbolchi Breanna Styuart bilan birga “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nominatsiyasida ham qatnashmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, taqdirlash marosimi joriy yilning 10 iyul kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov UFC jangchisi Hamzat Chimayevni oktagonni mag‘lubiyatsiz tark etgan, iste’fodagi chempion Habib Nurmuhamedov bilan taqqoslagandi. 

Eslatib o‘tamiz, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 32 yoshli Habib umumiy hisobda 29 marotaba oktagonga ko‘tarilib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan: 29 jang, 29 g‘alaba.


Maqola muallifi

Teglar

Habib MMA

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing