Ha, dunyoda narxlar oshyapti, ammo Ukrainada odamlar o‘lyapti – Zelenskaya

Intervyu

image

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tinch aholiga qarshi olib borilayotgan urushdir. Bu haqda birinchi xonim Yelena Zelenskaya Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.  

"Bu armiya bilan urush emas, bu qo‘rqitish, “kuydirilgan yer” taktikasini qo‘llash va bo‘m-bo‘sh shahar va qishloqlarga kirish uchun urush", deydi Prezidentning rafiqasi. 

Birinchi xonim Ukrainaga haqiqatan ham yordam berishni xohlaydigan, ammo energiya narxi oshishi fonida o‘zining ertangi kunini ham o‘ylayotgan oddiy britaniyaliklarga qarata shunday degan: 

“Men vaziyat juda og‘ir ekanini tushunaman. Sizga shuni eslatmoqchimanki, dunyoda narxlar ko‘tarilganda, Ukrainada ham xuddi shunday bo‘ladi. Biz uchun hamma narsa qimmatlashmoqda. Lekin ayni paytda odamlar o‘ldirilmoqda. Har kuni”.. 

Prezidentning rafiqasi dunyoning barcha mumkin bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida chiqish qilib, Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi oqibatlari haqida dunyoga ma’lumot yetkazishga harakat qilayotganini alohida ta’kidladi hamda Ukrainani izchil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Buyuk Britaniya va uning hukumatiga minnatdorlik bildirdi. 

“Biz chin dildan va kuchli qo‘llab-quvvatlansak, yolg‘iz emasligimizni his qilamiz”, deya xulosa qilgan Yelena Zelenskaya.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson yangi hukumat rahbari Liz Trass Rossiyaga qarshi turishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga, shuningdek, ichki narxlarning o‘sishiga dosh berishiga ishonch bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Elena Zelenskaya

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing