Homilador ayollarni emlash bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi
Olam
−
19 fevral 2021
2142Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan 18 yosh va undan katta homilador ayollarni emlash bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi. Bu haqda BioNTech kompaniyasi saytida xabar berilgan.
Xabarga ko‘ra, AQSHda birinchi ishtirokchilar allaqachon emlangan.
Tadqiqotlarda 18 yosh va undan katta to‘rt ming homilador ayol ishtirok etadi.
Emlash homiladorlikning 24-34 xaftasida amalga oshiriladi.
Har bir ayol vaksina yoki platsebo olganiga qarab, tadqiqotda 7 oydan 10 oygacha ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tadqiqot ishtirokchilari tomonidan dunyoga keltirilgan farzandlar olti oylik davrigacha shifokor nazoratida bo‘ladi.