Hindistonda tarqalayotgan “qora mog‘or” kasalligi O‘zbekiston aholisiga xavf soladimi?

Salomatlik

image

So‘nggi payitlarda Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq holat tobora yomonlashib, deyarli har kuni antirekordlar yangilanmoqda. Hindiston uchun og‘ir kechayotgan ushbu vaziyatda, koronavirus infeksiyasi mukormikoz (“qora mog‘or”) kasalligi bilan birga kechishi, o‘lim holatlarini sonini yanada ko‘paytirmoqda. Ho‘sh, ushbu kasallikning asosiy omillari nimada, mukormikozning ko‘payishi O‘zbekiston aholisining salomatligi uchun qanchalik havfli? Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.

Sevara Ubaydullayeva JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanish xolatining 53 foizi Hindiston aholisiga to‘g‘ri kelayotganini aytgan. Shunigdek, Mukormikoz kasalligi ham hindistonlik koronavirusga chalinganlar orasida aniqlanayotgani va o‘lim holatini kuchaytirayotgani rostligini takidlagan.

Ubaydullayeva shuningdek mukormikoz aslida qanday kasallik va uni keltirib chiqaradigan asosiy omillar haqida ham gapirgan.

“Mukormikoz bu zamburug‘lar turkumiga mansub infetsion omil bo‘lib, u issiq o‘lkalarda ko‘p uchraydi. Inson organizmida kasallik uchrashiga sabab immunitetning pasayishidir, ya’ni koronavirus infeksiyasi ham inson immunitetining pasayishiga kuchli ta’sir qilmoqda. Shu bois, koronavirus bilan kasallanganlarda ham mukormikoz kuzatilish holatlari uchrab turmoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, ikkinchi omil antibiotiklarni uzoq muddat yoki noo‘rin qabul qilinishi immunitet pasayishiga ta’sir qiladi va bu o‘z o‘rnida mukormikoz rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Inson organizmida mukormikoz, asosan, burun, tomoq va halqumda ko‘proq joylashishi ma’lum. Shu bois, aholimizdan doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishlarini talab qilamiz. Shu bilan birga vaksinatsiya kasallikdan himoyalovchi ishonchli omil ekanini yana bir bor ta’kidlaymiz”, deya takidlagan Ubaydullayeva.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

koronavirus qora mog'or

Baholaganlar

721

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing