Havosi eng ifloslangan shahar ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek havosi eng ifloslangan shahar deb topildi. Tadqiqotlar natijasi “Xalqaro havo sifati” tashkiloti saytida e’lon qilingan. 

Unga ko‘ra, Kobul (Afg‘oniston) ikkinchi, Dakka (Bangladesh) uchinchi o‘rinni egallagan.

Bishkek ushbu reytingda so‘nggi haftada ikkinchi bor yetakchilik qilyapti. Bungacha u 2-3- o‘rinlarda bo‘lgan.

Yuzaga kelgan vaziyat sabab Bishkek ma’muriyati rahbari Balbak Tulobayev poytaxtdagi isitish markazini gazli issiqlik ta’minotiga o‘tkazishni taklif qildi. Ammo Hukumat bu chora issiqlik va elektr energiya qimmatlashishiga olib kelishini hisobga olib, taklifni rad qildi.

Bishkekda havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyat oxirgi 3 yil ichida keskinlasha boshlagan. Mutaxassislar bu vaziyatga kelishda bir qancha sabablarni sanagan: birinchidan, Bishkek issiqlik elektr stansiyasining sifatsiz rekonstruksiya qilinishi; ikkinchidan, shaharda havo aylanishini hisobga olmagan holda ko‘p qavatli uylarning betartib qurilishi; uchinchidan, avtomobillarning ko‘pligi.

Ba’zi jamoat tashkilotlari Bishkekda favqulodda holat joriy qilish talabi bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek

Baholaganlar

605

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing