Habibning otasi nimalarga e’tibor qaratganini aytdi
Sport
−
05 Sentabr 2019
5481Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi Abdulmanap Nurmuhamedov o‘g‘lining bo‘lajak jangi uchun olib borgan tayyorgarligi borasida fikr bildirdi.
“Bizda hozir ikkita asosiy masala bor. Birinchisi: U to‘rtinchi raundga qadar jangni cho‘zishi kerak emas. Ikkinchisi - Habib Dastinga qarshi jangi uchun zarba texnikasiga alohida e’tibor qaratdi. Biz har kuni besh soatdan ko‘p mashg‘ulot olib bordik. Habibda hali hech kim ko‘rmagan yangi ikkita kombinatsiya bor. Buni barchangiz 7 sentyabr kuni ko‘rasiz”, dedi Habibning otasi.
Xabib hamda Pore jangi shu yilning 7 sentyabr kuni Abu - Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi