Habib Nurmuhamedov davri o‘tgan UFC jangchilarini aytdi

Sport

image

Rossiyalik sobiq MMA jangchi Habib Nurmuhamedov Neyt Dias, Konar Makgregor va Toni Fergyuson haqida fikr bildirib, ularning davri o‘tganligini aytdi. Bu haqda Habibning so‘zlariga tayanib, “RB Sport” nashri xabar berdi.

“Mening eng yaxshi davrim 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i edi. O‘sha paytlarning istalgan yulduzini oladigan bo‘lsak, ularning hech biri avvalgi joyida qolmadi. Mening vaqtim o‘tdi. Ularniki ham tugadi, lekin ular kurashda davom etmoqda. Dias va Fergyuson allaqachon chempionlik ambitsiyalarisiz faqatgina pul uchun oktagonga chiqishmoqda. Ular boshqa hech qachon chempion bo‘lmasligini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Makgregor va Pore bilan ham xuddi shunday. Vaqt o‘tdi. Kamaru Usmon keyinroq paydo bo‘ldi, lekin odam natijaga erishgan bo‘lsa, har bir keyingi mudofaa unga qiyinroq bo‘ladi. Chunki yillar o‘tadi va resurslar tugaydi. Siz uzoq vaqt cho‘qqida bo‘lolmaysiz”, degan Nurmuhamedov.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil oktyabr oyida 32 yoshli Nurmuhamedov UFC 254 turnirida Jastin Getjiini ikkinchi raundda mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Habib MMA'dagi faoliyati davomida 29 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Jumladan UFC'dagi 13 ta jangda 13 ta g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Jastin Getji Konar Makgregor

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing