Getji Maxachevni yutib, Habibdan “qasos” olmoqchi

Sport

image

Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji nega yengil vaznda UFC jahon chempioni, rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jang qilishni xohlayotganini ma’lum qildi.

Getjining aytishi bo‘yicha, Maxachev ustidan qozonilgan g‘alaba sportchi uchun Habibdan uchralgan mag‘lubiyatining “qasosi” bo‘ladi.

“Maxachevni mag‘lub etib, Habibdan yengilganimning “qasos”ini olmoqchiman. Bu mening imkoniyatim. Habib ketdi. Islom esa uning davomchisi. Shuning uchun uni mag‘lub etishim kerak. Maxachev esa Oliveyrani mag‘lub etdi. Shunday qilib, Islomni yengib, men birdaniga ikkita mag‘lubiyatimga revansh olaman”, deydi Getji.

Qayd etish joiz, 2020 yil oktyabr oyida Jastin Getji Habib Nurmuhammedovga yutqazib, yengil vaznda UFC chempioni bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 iyul kunida Getji AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 291 turnirining asosiy jangida Dastin Pore bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Jastin Getji Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing