Habib Konorga qarshi revansh jang o‘tkazadi(mi?)

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi revansh jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdul-Azizning so‘zlariga ko‘ra, agarda Makgregor Jastin Getjiga qarshi jangda g‘alaba qozonsa, Habib Konorga qarshi oktagonga chiqishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor so‘nggi bor UFC 246 turnirida Donald Serronga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregor 2018 yili 6 oktyabr kuni Las-Vegasda jang o‘tkazgan. O‘sha jangda Nurmuhamedov g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing