Chandler Makgregorni ikkinchi raunddayoq nokaut qilmoqchi

Sport

image

Yengil vazn toifasidagi mashhur amerikalik UFC jangchisi Maykl Chandler irlandiyalik Konor Makgregor bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jangi haqidagi savolga javob berdi. 

Ularning jangi hali e’lon qilinmagan. Sportchilar yozda jang qilishi kutilmoqda.

“Men Makgregorni mag‘lub etamanmi? Ikkinchi raund, nokaut”, deydi Chandler.

Ma’lumot uchun, Chandler MMAda 31 ta jang o‘tkazib 23 ta g‘alaba qozongan va 8 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. Makgregor hisobida esa 28 ta jang bo‘lib, u shulardan 22 tasida g‘alaba qozongan va olti bor mag‘lub bo‘lgan. Konor 2021 yil yozida amerikalik Dastin Porega yutqazib, oyog‘ini sindirib olganidan beri oktagonda ko‘rinish bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Maykl Chandler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing