Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan uçraşuvda iştirok etdi
O‘zbekiston
−
08:51 807 2 daqiqa
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrifi doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva keça, 11 noyabr kuni Antaliya şahrida yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Tadbirda “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani e’lon qilindi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi sa’y-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.
.jpg)
.jpg)
Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvda sözga çiqib, taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emina Erdöğanga çuqur minnatdorlik bildirgan hamda uning “Nol çiqindi” taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida e’tirof etgan. Şuningdek, “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilişi qöllab-quvvatlangan.
.jpg)
Şuningdek, Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, şuningdek, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surgan.
.jpg)
Eslatib ötamiz, avvalroq Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston milliy paviloniga taşrif buyurgan edi.
Live
Barchasi