Şavkat Mirziyoyev Antaliyada Gruziya Prezidenti bilan uçraşdi
Jamiyat
−
09:10 411 2 daqiqa
Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 10 noyabr kuni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston – Gruziya strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan. Şuningdek, joriy yilning 2–3 iyul kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat taşrifi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratilgan.
.jpg)
Ikki mamlakat parlamentlari, vazirliklari, idoralari va işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalar faollaşayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
.jpg)
Ma’lum qilinişiça, özaro tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni izçil ortib bormoqda. Şu bilan birga, Özbekistonda gruziyalik investorlar iştirokida taşkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.
.jpg)
Bundan taşqari, tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş, sanoat kooperatsiyasini ilgari suriş, turizmni rivojlantiriş, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş hamda ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka keng jalb etiş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Antaliya şahriga amaliy taşrif davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT) boş kotibi Selesta Saulo bilan uçraşuv ötkazgan edi.
Live
Barchasi