Zidan kelajakda boşqarişi mumkin bölgan yirik klub nomini aytdi
Sport
−
10:04 973 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan kelajakda “Yuventus”ni boşqariş mumkinligini aytdi. Bu haqida Zidan “RMC Sport” naşriga ma’lum qildi.
“Marçello Lippi menga doimo oldinga intilişni örgatgan. Turinga kelganimda, hali unçalik yaxşi öynamayotgan edim. Şu bois matbuot va jamoatçilik men öz darajamga yetganimga işonmasdi. Lippi menga uning qöl ostida öynaşim kerakligini aytdi va men yaxşi öynay boşladim. “Yuventus” boş murabbiyi bölişimga kelsak, nega kelajakda bunday bölmasligi kerak?” deydi Zidan.
54 yoşli Zidan ötgan yozda Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi lavozimini egallagan edi. Uning amaldagi şartnomasi 2030 yilning yoziga qadar möljallangan. Bunga qadar mutaxassis “Real” bilan uç marta Çempionlar ligasi va ikki marta Ispaniya çempionligini qölga kiritgan.
Ma’lumot uçun, Zinedin Zidan Turin klubi safida 1996 yildan 2001 yilga qadar töp surgan.
Live
Barchasi