Kurs UZS

USD

12 960.38

-6

EUR

14 152.73

-61.02

RUB

151.92

1.69

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Ilyos Safarov ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Alisher Ro‘zioxunov 1993 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Jurnalistlik faoliyatini QALAMPIR.UZ'da boshlagan Alisher Ro‘zioxunov O‘zbekistonning bir qancha taniqli internet nashrlarida, shuningdek, qator xorijiy nashrlarda ham ishlagan. U 2021 yilda “Ijtimoiy-huquqiy media markazi” nodavlat notijorat tashkiloti muharriri sifatida “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Marhumni uzoq yillardan buyon qandli diabet kasalligi qiynab kelgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bahodir Iso vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jurnalist Alisher Ro'zioxunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing