JSST rahbari Ğazoga şoşilinç gumanitar yordam yetkazişga çaqirdi

Olam

−

image

Ğazo sektorida qiş kelişi bilan yuz minglab majburan köçirilgan falastinliklar sovuq va suv toşqinlari xavfi ostida qolmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus hududga gumanitar yordamni zudlik bilan va tösiqlarsiz yetkaziş zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Gebreyesus ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ötgan hafta Ğazoda 8 oylik çaqaloq sovuq qotiş oqibatida vafot etganini esladi. Uning ta’kidlaşiça, qiş endi boşlanayotgan bir paytda heç bir bola sovuqdan halok bölmasligi kerak.

JSST rahbarining aytişiça, bir neça kunlik yomğirning özi ham Ğazodagi köçirilgan aholi lagerlarini suv ostida qoldirmoqda. Natijada çodirlar yaşaş uçun yaroqsiz holga kelib, oilalar sovuqdan himoyalaniş imkonidan mahrum bölmoqda.

Ma’lum qilinişiça, hozirda 950 ming nafar majburan köçirilgan falastinlik suv toşqini xavfi mavjud hududlarda yaşamoqda. Ularning 400 ming nafari esa öta yuqori xavf ostida qolgan.

Gebreyesus köplab oilalar uçun çodirlar yagona boşpana bölib qolayotganini ta’kidladi. Ularning suv ostida qolişi odamlarni sovuq, ifloslangan suv va turli kasalliklar oldida himoyasiz qoldiradi.

Şuningdek, JSST rahbari Ğazo aholisi hujumlar şaroitida törtinçi qişni qarşi olayotganini qayd etdi.

U hududga boşpana quriş materiallari, toza içimlik suvi, gigiyena vositalari, dori-darmonlar, vaksinalar va sovuq qotişning oldini oliş uçun zarur uskunalarni keng kölamda hamda tösiqlarsiz yetkaziş lozimligini aytdi. Kasalliklar tarqalişini erta aniqlaş va ularga qarşi çora köriş uçun laboratoriya materiallari ham zarur.

Gebreyesus JSST va uning hamkorlari gumanitar yordam yetkazişga tayyorligini bildirib, heç bir bola sovuqdan halok bölmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya va yana 17 davlat Isroilning Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunus şahrida joylaşgan “Nosir” şifoxonasiga bergan aviazarbasini qat’iy qoralagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing