Jizzaxda kripto-aktivlarni noqonuniy aylantirgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
16:52 256 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 165 million 322 ming sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangan şaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 7 oktyabr kuni IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida 2000 yilda Jizzax viloyatining Qallorol tumanida tuğilgan şaxsning faoliyati tekşirilgan.
Uning foydalanuvidagi Samsung rusumli telefon qurilmasi közdan keçirilganda, maxsus platforma orqali kriptoaktivlar aylanmasi bilan noqonuniy şuğullanib kelgani aniqlangan. Şuningdek, u mazkur qurilma orqali jami 165 million 322 ming sömlik kriptoaktivlarni ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani ma’lum bölgan.
Holat yuzasidan fuqaro harakatlarida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli töplangan hujjatlar jinoyat işi qözğatiş masalasini hal etiş uçun IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimiga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nukus şahrida fuqarolarning bank kartalaridan qariyb 1 milliard sömni noqonuniy özlaştiriş bilan boğliq kiberjinoyat foş etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi