Yerga xavfli asteroid yaqinlashyapti
Olam
−
25 yanvar 2020
16442Xavfli deya tasniflangan 163373 asteroidi Yerga yaqinlashayotgani NASA tomonidan ma’lum qilindi. Aniqlik kiritilishicha, uning diametri 440 metrdan 990 metrgacha. 15 fevral kuni u Yerga minimal darajada yaqinlashishi aytilmoqda.
Ushbu fazoviy jism 1995 yilda kashf qilishgan edi. U “Apollonlar” guruhiga mansub, ya’ni parvoz trayektoriyasi Yer orbitasiga tegib o‘tish ehtimoli yuqori asteroid. Shu bois uni xavfli deya tasniflashgan. Keyingi safar u Yer yonidan 2075 yilda uchib o‘tadi.
2019 yilning 6 noyabr kuni Yer markazidan 139 ming kilometr masofada kichik asteroid aniqlangan edi. Aniqlanishicha, u Quyosh atrofini taxminan 2,89 yilda aylanib chiqadi va vaqti-vaqti bilan Yerga yaqinlashadi. Uning o‘lchami 10-15 metrni tashkil etadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi