Yangi ayfonlar nimasi bilan “kasal” qiladi?

Texnologiya

image

Apple yana ixlosmandlarini “kasal” qilishda davom etmoqda. Kompaniya Kuppertinoda birdaniga 3 ta yangi iPhone`ni taqdim etdi. Bular – iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max.

Xo‘sh ular qanday xususiyatlarga ega? Qaysi jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi?

iPhone 11 o‘zining bitta avvalgi “akasi” kabi ikkita kameraga ega. Yangi 12 megapikselli kamera keng burchakli (13mm) ob’ektivga ega bo‘lib, tunda yaxshi suratga olish xususiyatiga ega (Night Mode). iPhone 11 kamerasi, shuningdek, 2 karrali optik zum va 4K rejimda video suratga olish xususiyatiga sohib.

Undan tashqari iPhone 11 6,1 dyuymli Liquid Retina displeyiga ega bo‘ladi. Yangi smartfon 6 xil rangda ishlab chiqariladi.

iPhone 11 Pro – 5,8 dyumli ekran va uchinchi teleob’ektivli kamera bilan jihozlanadi. Uning kattalashtirilgan versiyasi esa  11 Pro Max deb ataladi va 6,5 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Ushbu telefonlarga Super Retina XDR rusumli displey o‘rnatiladi.

Barcha yangi smartfonlar Apple kompaniyasining bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng tez protsessori – A13 bilan jihozlanadi. Yangi protsessorning e’tiborga molik jihati uning nafaqat amallarni juda tez bajarishida, balki quvvat tejamkorligida ham ko‘rinadi.  

iPhone 11 Pro eski iPhone XS`ga nisbatan 4 soat ko‘proq ishlashi mumkin.

Ayni vaqtda iPhone 11ning narxi 699 dollarni, IPhone 11 Pro esa 999 dollar, IPhone 11 Pro Max 1099 dollarni tashkil etmoqda.  Smartfonlar 20 sentyabrdan sotuvga chiqariladi. 


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing