Viloyatlardagi OTMda huquqshunoslik fakultetlari ochiladi
Jamiyat
−
16 fevral 2020
9074O‘zbekistonda yuridik ta’limni takomillashtirish, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan bu tizim 2020 yil 20 martga qadar amaliyotga tatbiq etiladi.
Loyihada:
• viloyatlardagi tegishli salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalarida huquqshunoslik fakultetlarini ochish;
• huquqshunos-pedogog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
• o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol va situatsion mashg‘ulotlar o‘tkazishni joriy etish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
LiveBarchasi