O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ro‘yxatga umumiy 12 nafar futbolchi kiritilgan. Futbolchilardan 7 nafari xorij chempionatlarida to‘p tepadi, 5 nafar futbolchi esa O‘zbekiston Superligasi klublarida to‘p tepadi.

Da’vogarlar ro‘yxati:

Abduqodir Husanov (“Lans”, Fransiya);
Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”);
Oston O‘runov (“Navbahor”);
Jaloliddin Masharipov (“Panserraykos”, Gretsiya);
Otabek Shukurov (“Fotih Karagumruk”, Turkiya);
Igor Sergeyev (“Patum Yunayted”, Tailand);
Jamshid Iskanderov (“Navbahor”);
Husniddin Aliqulov (“Rizespor”, Turkiya);
Eldor Shomurodov (“Kalyari”, Italiya);
Odil Hamrobekov (“Paxtakor);
Abbosbek Fayzullayev (SSKA, Rossiya);
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing