O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchi va murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi bo‘lishga nomzodlar aniq bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Dragan Cheran, Hojiakbar Alijanov (ikkalasi ham “Paxtakor”), Jamshid Iskandarov, Oston O‘runov (ikkalasi ham “Navbahor”), Shahzod Ubaydullayev, Zabihillo O‘rinboyev (ikkalasi ham “Metallurg”), Islom Kenjaboyev (“Qizilqum”), Rubin Hebay (“Andijon”) va Silvanus Nimeli (“Surxon”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilmoqda.

Eng yaxshi murabbiy sovriniga esa Maksim Shatskix (“Paxtakor”), Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”), Samvel Babayan (“Navbahor”), Vitaliy Levchenko (“Neftchi”), Aleksandr Xomyakov (Andijon) va Mirjalol Qosimov (OKMK) nomzodlar qatoridan joy olgan. 

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum davomida Cheran (aprel), O‘runov (may), Hebay (iyun), O‘rinboyev (avgust), Ubaydullayev (sentyabr), Iskanderov (oktyabr), Nimeli (noyabr) kabilar oy futbolchisi sifatida tan olingan, Kenjaboyev esa bir necha bor oy futbolchisi sovriniga nomzod bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov Jamshid Iskandarov Dragan Cheran Hojiakbar Alijanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made