O‘runov va Sergeyevning gollari “Persepolis”ga g‘alaba keltirdi
Sport
−
24 yanvar 1335 1 daqiqa
Kecha, 23 yanvar kuni Eron Pro-ligasi 17-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Persepolis” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga “Sepaxon”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, 49-daqiqada Oston O‘runov hisobni ochdi. 70-daqiqada esa Ostonning pasidan keyin zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Igor Sergeyev ikkinchi golga mualliflik qildi. Bu Sergeyevning Eron jamoasi safidagi debyut goli bo‘ldi.
O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Sergeyev qo‘pol harakat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Bu uning Erondagi ilk qizil kartochkasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, hozirda “Persepolis” va “Sepaxon” jamoalari 31 ochko jamg‘argan holda Eron Pro-ligasi turnir jadvalida mos ravishda 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.