Sergeyev Eron klubiga ko‘chib o‘tdi
Sport
−
05 yanvar 2993 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Igor Sergeyev Eronning “Persepolis” jamoasi bilan shartnomani imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
32 yoshli Sergeyev “Persepolis” safida 19-raqam ostida harakat qiladi. Manbaga ko‘ra, uning klub bilan shartnomasi 1,5 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, shu vaqt ichida taxminan 1,5 mln dollar ishlab topishi kutilmoqda.
Ayni damda “Persepolis” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Oston O‘runov ham harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sergeyev joriy mavsum Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Igor Sergeyevga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi ham qiziqish bildirgan edi.
Live
Barchasi