Özbekistonda ötkir respirator infeksiyalar bilan kasallaniş holatlari köpaydi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda yil boşidan buyon ötkir respirator infeksiyalar bilan kasallaniş ötgan yilga nisbatan kamaygan bölsa-da, sönggi oylarda ayrim hududlarda ösiş kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligida mas’ullar iştirokida yiğiliş ötkazilib, mavsumiy kasalliklarga qarşi kuraşiş böyiça vazifalar belgilandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, joriy yilning 17 noyabr kuni Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Odilov iştirokida ötkazilgan yiğilişda epidemiologik vaziyat va tibbiyot muassasalarining mavsumiy kasalliklarga tayyorgarligi muhokama qilingan. Unda vazirlik va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mas’ullari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, hududiy boşqarmalar, davolaş muassasalari hamda tez tibbiy yordam xizmati rahbarlari qatnaşgan.

Yiğilişda ma’lum qilinişiça, joriy yilning 10 oyida respublikada ötkir respirator infeksiyalar bilan kasallaniş ötgan yilning şu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan. Şunga qaramay, oktyabr–noyabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo, Farğona, Jizzax, Qaşqadaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlarida kasallaniş körsatkiçlari oşgan.

Ayni paytda mamlakat tibbiyot muassasalarida bolalar uçun 10 ming 573 ta örin-joy ajratilgan. Ularning bandlik darajasi odatiy körsatkiçdan biroz yuqori ekani qayd etilgan. Şu bois, bemorlarni töğri yönaltiriş, qöşimça zaxira örinlarini tayyorlaş va mavjud tibbiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş zarurligi ta’kidlangan.

Eldor Odilov tibbiyot muassasalaridagi yuklamani kamaytiriş uçun birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimi faoliyatini kuçaytiriş kerakligini aytgan. Uning aytişiça, gripp va ÖRVI bilan kasallangan bemorlarni erta aniqlaş hamda nazoratga olişda oilaviy şifokorlar va patronaj hamşiralarining mas’uliyati katta

“Gripp va ÖRVI bilan kasallaniş holatlarini öz vaqtida aniqlaş va bemorlarni nazoratga olişda birlamçi böğinning mas’uliyati katta. Şu bois oilaviy şifokorlar va patronaj hamşiralari uyma-uy yurib, aholiga zarur tibbiy yordam körsatişi lozim. Şamollaş mavsumida heç bir bemor e’tibordan çetda qolmasligi kerak. Agar birlamçi tizimda işlar töğri taşkil etilmasa, şifoxonalarda örin-joylar sonini oşiriş bilan yuklamani kamaytirib bölmaydi”, deydi vazir.

Şuningdek, yiğilişda epidemiologik vaziyatni har kuni tahlil qiliş va hududiy ştablar işini samarali taşkil etiş böyiça topşiriqlar berilgan. Bolalar, tuğuruq, şoşilinç hamda yuqumli kasalliklar şifoxonalarida ehtiyojdan kelib çiqib, qöşimça zaxira örinlarini taşkil etiş vazifasi ham belgilangan.

Bundan taşqari, antibiotik va gormonal preparatlardan faqat tibbiy körsatma asosida foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş, tibbiyot muassasalarini zarur dori vositalari bilan ta’minlaş topşirilgan. Aholi örtasida profilaktika, vaksinatsiya va özboşimçalik bilan davolanişning salbiy oqibatlari böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş ham vazifalar qatoriga kiritilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq kuz-qiş mavsumida ayrim yuqumli kasalliklar bilan kasallaniş ehtimoli ortişi, jumladan, koksaki infeksiyasi uşbu mavsumda köproq tarqalişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing