SSV qişda tez tarqaladigan koksaki virusidan ogohlantirdi (video)

Salomatlik

−

image

Kuz-qiş mavsumida ba’zi yuqumli kasalliklar bilan kasallaniş ehtimoli ortadi. Ulardan bittasi koksaki kasalligi bölib, bu köproq kuz-qiş mavsumida tarqaladi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov uşbu kasallik haqida ma’lumot berdi.

Uning aytişiça, koksaki Özbekistonda alohida kasallik sifatida hisobga olinmaydi. Negaki, bu enteroviruslarning bir turi bölganligi uçun enterovirus kasalliklar hisobga olingan paytda, orasida bu kasallik ham qayd etilişi mumkin. U ötkir içak infeksiyalari singari keçadi. Ba’zan respirator belgilar içak belgilari bilan birga keçişi mumkin. Umuman olganda, koksaki virusining 70 ga yaqin turi bor. Lekin asosan A hamda B turlari uçraydi.

Kasallanganlarning aksariyati kasallikni yengil ötkazadi. Ularda jiddiy belgilar bölmasligi mumkin. Agar bemor koksaki virusining A turi bilan kasallangan holat böladigan bölsa, yuzda, labda, burunda, barmoqlarda pufakçalar paydo böliş ehtimoli bor. Lekin agar uning B turi bilan kasallangan bölsa, unda içak belgilari, ba’zi holatlarda parenxima a’zolarda u yoki bu belgilar paydo bölişi mumkin. Gap şundaki, kasallik asosan yengil keçadi. Bemorlar özlarini kasallikka çalinganini hatto sezmasliklari ham mumkin. Lekin ba’zi holatlarda u jiddiy asoratlar – zotiljam, meningit kabilarni ham keltirib çiqariş ehtimoli bor.

“Şunday ekan, biz bu kasallikni gumon qilingan taqdirda bemorlariga simptomatik davo nuqtai nazardan yondaşişimiz kerak böladi. Endi bu kasallik dastlab Amerika Qöşma Ştatlarining Koksaki şahrida aniqlanganligi uçun koksaki virusi deb nomlangan. Lekin bugungi kunga kelib, aytaylik, öşa tört kundan ortiq yoki bölmasa uzoq muddat isitmalagan odamlarni uşbu kasallikka çalingan deb ehtimol qiliş mumkin. Lekin kasallik asosan yengil va respirator belgilar bilan keçadigan, asoratlar juda kam uçraydigan kasallik böliş ehtimoli bor”, deydi Nurmat Otabekov.

Uning aytişiça, şu nuqtai nazardan, uşbu kasallik böyiça vaziyatdan yoki bölmasa ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlardan zinhor xavotirlanişga heç qanaqa asos yöq. Negaki, u Özbekiston hududiga unçalik xos bölmagan kasallik hisoblanadi. Aksariyat hollarda Yevropa, Lotin Amerikasi va Amerika hududidagi ğarb davlatlarida köproq qayd etiladi. Bunda oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qölni yaxşilab yuviş, kasallik belgilari böladigan bölsa, muloqotdan tiyiliş asosiy omillardan biri bölişi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing