Özbekistonda suvdan qarzdorlarga “svet” uçun tölov qiliş çeklanadi
O‘zbekiston
−
30 Oktyabr 33005 2 daqiqa
Özbekistonda 2027 yil 1 yanvardan içimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdorlarga elektr energiyasi uçun tölov qiliş çeklanadi. Bu haqda bugun, 30 oktyabr kuni “Özsuvta’minot” AJ raisining birinçi örinbosari Islom Abdullayev matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Abdullayevning aytişiça, endilikda iste’molçilar içimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor bölib qolsa va u öz vaqtida tölanmasa, uşbu masala notarial yoki sud tartibida hal qilinadi.
“Agar bunda ham belgilangan majburiyat bajarilmasa, iste’molçilarga elektr energiyasi uçun tölovlarini amalga oşiriş imkoniyati çeklanadi”, deydi Islom Abdullayev.
“Özsuvta’minot” AJga köra, qarzdorlik bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravarigaça bölsa, notarius orqali, ming baravaridan ortiq bölsa, sud orqali undiriş çorasi köriladi.
Şundan söng, ijro hujjati rasmiylaştirilib, Majburiy ijro byurosiga yuboriladi. Agar ijro hujjati böyiça ham belgilangan majburiyat bajarilmasa, qonunçilikda belgilangan tartibda iste’molçining elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati çeklanadi. Ya’ni, iste’molçi içimlik suvi va oqova suv xizmatlari böyiça qarzdorligini bartaraf etişi zarur böladi.
Bunda iste’molçida qarzdorlik yuzaga kelgan zahoti elektr energiyasi uçun tölov qabul qilinişi çeklanmaydi va iste’molçi qarzdorlikni bartaraf etiş uçun yetarliça vaqtga ega böladi, qarzdorlik saqlanib qolgan taqdirdagina elektr energiyasi uçun tölov qabul qilinişi çeklanadi.
Mazkur tartib 2027 yil 1 yanvardan amal qila boşlaydi. Uşbu tartib ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nisbatan qöllanilmaydi.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning 1 avgustidan boşlab Özbekistonda çiqindidan qarzdor iste’molçilarning elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyatini çeklaş boşlangan. Şuningdek, Özbekistonda jismoniy şaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliği böyiça umumiy summasi 1 million sömdan oşadigan soliq qarzdorligini undirişda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmi joriy etilişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi