O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslar qoldirildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 17 fevral kuni Uzbekistan Airports Olmaota, Istanbul, Jidda va boshqa shaharlarga parvozlar kechikishi sababini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ayni vaqtda Toshkent va Urganchdan 7 ta xalqaro shaharlarga parvozlar vaqti kechikmoqda. Jumladan:

  •  HY-341 Toshkent – Sharm ash-Sheyx reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan, hozirda soat 12:00 ga qoldirilmoqda;
  •  HY-667 Toshkent – Novosibirsk reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 12:30 ga belgilangan, hozirda soat 13:10 ga qoldirildi;
  • KS-128 Toshkent – Olmaota reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 14:35 ga belgilangan, hozirda soat 15:50 ga qoldirildi;
  • HY-501 Toshkent – Pekin reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 13:50 ga belgilangan, hozirda soat 17:20 ga qoldirildi;
  • HY-273 Toshkent – Istanbul reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 16:50 ga belgilangan, hozirda soat 18:00 ga qoldirildi.

Centrum Air aviakompaniyasining C6-7712 Urganch – Jidda reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan hozirda soat 12:30 ga qoldirildi. Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-5359 Toshkent – Jidda reysi rejalashtirilgan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 12:20, hozirda soat 15:00 ga qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘istonda kuchli qor bo‘roni sabab aviareyslar bekor qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing