Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida odimladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston pasporti dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 68-o‘rinni egalladi. Ushbu ma’lumot “Passport Index” saytida e’lon qilindi.

Mazkur reytingda O‘zbekiston pasporti 95 ta davlat ichida 68-o‘rinni band etdi. Reyting davlat fuqarolarining nechta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga qarab tuzilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega, 46 ta davlatda esa vizani mamlakatga borgandan so‘ng olishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari 120 ta davlatga borish uchun oldindan viza olishlari shart.

Qayd etilishicha, dunyoning eng kuchli pasportiga Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqarolari ega. Ular 133 ta davlatga vizasiz borishi, 47 ta davlatda esa vizani borib olish imkoniyatiga ega.

Qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston 52-, Qirg‘iziston 68-, Tojikiston 72- va Turkmaniston 76-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston esa 94-o‘rinni band qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston  2024 yilda ushbu reytingda 70-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston fuqarolari vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan davlatlar:

  1. Antigua
  2. Barbuda
  3. Armaniston
  4. Barbados
  5. Belarus
  6. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
  7. Dominika
  8. Eron
  9. Falastin
  10. Filippin
  11. Gaiti
  12. Gambiya
  13. Gruziya
  14. Keniya
  15. Kot-d'Ivuar
  16. Malayziya
  17. Mikroneziya
  18. Mo‘g‘uliston
  19. Moldova
  20. Namibiya
  21. Ozarbayjon
  22. Qirg‘iziston
  23. Qozog‘iston
  24. Rossiya
  25. Sent-Vinsent va Grenadin orollari
  26. Seyshel orollari
  27. Shri-Lanka
  28. Surinam
  29. Tailand
  30. Tojikiston
  31. Turkiya
  32. Ukraina
  33. Ummon

Maqola muallifi

Teglar

pasport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing