Uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan turistik firma rahbari uşlandi
3-sahifa
−
08:59 318 1 daqiqa
Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 dollar talab qilgan sayyohlik firmasi rahbari uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari Umra ziyoratini ado etiş istagida bölgan uç nafar fuqaroning işonçini suiiste’mol qilib, ularni Umraga yuboriş va muqaddas amallarni bajarişga zarur barça şaroitlarni yaratib berişni va’da qilgan. Uşbu xizmatlar evaziga esa 3 750 AQŞ dollari talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat IIB hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida firma rahbari oldindan kelişilgan mablağning 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan minglab dollar olgan şaxslar uşlangan edi.
Live
Barchasi