Tramp o‘zi Rim papasi sifatida tasvirlangan suratni e’lon qildi
Olam
−
03 May 2025 8505 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 3 may kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘zi Rim papasi sifatida tasvirlangan suratni joylashtirdi.
Neyron tarmoqlar yordamida yaratilganga o‘xshab ko‘ringan suratda Tramp zarhal stulda oq papalik kassogi – tik yoqali uzun tugmali xalat kiygan holda o‘tirganini ko‘rish mumkin. Prezidentning ko‘kragida oltin xoch, boshida esa katolik mitri - dafna gulchambarining ramzi bor.
Chap qo‘l tizzaga qo‘yilgan, o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i yuqoriga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, o‘ng halqa barmog‘ida baliqchining uzugini ko‘rish – Rim papasining qudrati ramzi – bu pontifikning baliqchi bo‘lgan havoriy Pyotrning vorisi ekanini eslatib turadi.
Tramp rasmga hech qanday izoh yozmagan. Biroq Rim papasi Fransisk vafotidan keyin Tramp allaqachon pontifik bo‘lishni xohlayotgani haqida hazillashgan.
Rim-katolik cherkoviga 2013 yildan beri rahbarlik qilgan Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni koma va yurak yetishmovchiligiga olib kelgan insultdan 89 yoshida vafot etdi. U bilan xayrlashuv avliyo Pyotr soborida bo‘lib o‘tdi. Dafn marosimi 26 aprel kuni avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tdi. Konklav, ya’ni yangi papaning yopiq saylovi 7 may kuni Vatikanda boshlanadi, an’anaviy tarzda Sikstin kapellasida o‘tkaziladi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr