Men papa bo‘lishni xohlayman – Tramp (video)
Olam
−
30 aprel 9422 2 daqiqa
Kecha, 29 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada 88 yoshida vafot etgan Rim papasi Fransiskning o‘rnini egallashni xohlashini aytdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.
Jurnalistlar undan katolik cherkovining navbatdagi rahbari kim bo‘lishi haqida so‘ragan.
“Men papa bo‘lishni xohlardim. Bu mening birinchi raqamli tanlovim bo‘lardi”, deya javob bergan Tramp hazillashib.
Shu bilan birga, u aslida hech kimni alohida afzal ko‘rmasligini aytgan.
“Nyu-York degan joydan bo‘lgan juda yaxshi bir kardinallarimiz bor. Nima bo‘lishini ko‘ramiz”, degan u.
Gap Nyu-York arxiyepiskopi kardinal Timoti Dolan haqida bormoqda. U yangi papa bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlar ro‘yxatida yo‘q, biroq ro‘yxatda AQSHdan bir kishi – Nyu-Jersi shtatidagi Nyuark arxiyepiskopi kardinal Jozef Tobin bor. AQSHdan hali hech qachon papa saylanmagan.
Qayd etish joiz, tez orada 135 nafar katolik kardinali navbatdagi papani tanlash uchun maxfiy konklavga kiradi. Hozircha aniq yetakchi nomzod yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Lotin Amerikasidan chiqqan birinchi papa hisoblanuvchi Fransiskning dafn marosimida ishtirok etish uchun Rimga safar qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr