Rim papasi saylovi qachon bo‘lishi belgilandi
Olam
−
28 aprel 5509 1 daqiqa
Kardinallar joriy yilning 7 may kuni yangi Rim papasini saylash uchun konklavga yig‘iladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rim-katolik cherkovining oliy ruhoniylari bugun, 28 aprel kuni yangi papani saylash sanasini belgilash uchun yopiq eshiklar ortida yig‘ilgan.
Xabar e’lon qilingan paytda konklavning o‘tkazilish sanasi rasman e’lon qilinmagan.
Rim-katolik cherkovi qoidalariga ko‘ra, yangi papa saylanadigan konklav 5-11 may kunlari tayinlanishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, konklavda 80 yoshga to‘lmagan kardinallar ishtirok etishi va saylanishi mumkin. Hozirda 252 nafar hay’at a’zosidan 135 nafari ushbu mezonga mos keladi.
Yangi papa aniqlanmaguncha, kardinallarga tashqi dunyo bilan aloqa qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk joriy yilning 21 aprel kuni 88 yoshida insult sabab Vatikandagi qarorgohida vafot etgandi. Uning dafn marosimi 26 aprel kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida 200 mingga yaqin inson bilan o‘tkazilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr