Toshkentga tramvay qaytadi (video)
Jamiyat
−
13 mart
6630Toshkent shahrida 2016 yilda to‘xtab qolgan tramvay tizimi qayta joriy etiladi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik-idoralararo hujjatlarni imzolash marosimida qatnashgan jurnalist Aziza Qurbonova o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya Tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan.
Mazkur hujjat Fransiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosim doirasida e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun, 2016 yil 2 may kuni Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va eng yirik yengil relsli transport tizimi – Toshkent tramvaylari tarixga aylangan edi. Rasmiylar buni transport vositalarining doimiy ko‘payib borishi va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz ishlashi bilan izohlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 10 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chog‘ida Toshkentga tramvay qaytarilishi haqida ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, 22 noyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekiston va Fransiya Toshkentning tramvay tizimi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagandi. Hujjatni Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda uning fransiyalik hamkasbi Olive Besht imzolagandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

