Toshkentda yuk tashish karasi yonib ketdi
3-sahifa
−
24 Aprel 2025 4160 1 daqiqa
Bugun, 24 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuk tashish karasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 aprel kuni soat 16:54 da Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan ob’ekt hududida yuk tashish karasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 17:01 da yetib borib, yong‘in soat 17:13 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr