Toşkentda 100 ta yangi jamoat hojatxonasi taşkil etiladi. Qayerlarda?
Jamiyat
−
16:28 591 5 daqiqa
Toşkent şahrining markaziy va turistik köçalari, xiyobonlari hamda aholi gavjum hududlarida 100 ta yangi sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining joriy yilning 23 oktyabrdagi qarorida belgilandi. \
Qarorga köra, yangi şoxobçalar davlat-xususiy şeriklik asosida soddalaştirilgan tartibda taşkil etiladi. Ularni quriş uçun poytaxtning turli tumanlaridagi 100 ta hududning manzilli röyxati tasdiqlangan.
Loyihalar doirasida yer uçastkalari davlat-xususiy şeriklik bitimlari asosida 10 yilgaça ijaraga berilişi mumkin. Şoxobçalarni taşkil etiş işlari şaharsozlik normalari va qurilişga oid qonunçilik talablariga muvofiq amalga oşirilişi kerak.
Röyxatga Bektemir, Mirzo Uluğbek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uçtepa, Çilonzor, Şayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Yaşnobod tumanlaridagi hududlar kiritilgan.
Jumladan, yangi şoxobçalarni Qöyliq metro bekati yaqinida, “Yangi Özbekiston” boği avtoturargohida, “Oloy dehqon bozori” atrofida, Xotira maydonida hamda Turon metro bekati oldida taşkil etiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, köplab köçalar, turarjoy mavzelari va jamoat ob’ektlari yaqinidagi hududlar ham röyxatdan örin olgan.
Bektemir tumani: Qöyliq metro bekatining orqa tarafidagi hudud, “Kompas” savdo markazi avtoturargohi oldi.
Mirzo Uluğbek tumani: Parkent köçasidagi 131-uy oldi, “Yangi Özbekiston” boği avtoturargohidagi ikkita hudud, “Feruza boği” oldi, Temur Malik va Mirzo Uluğbek köçalari kesişmasi, Mirzo Uluğbek köçasidagi 24-uy oldi, Istiqlol köçasidagi mahalla fondi binosi oldi, Yahyo Ğulomov köçasidagi 1-uy oldi.
Mirobod tumani: Afrosiyob köçasidagi 12B-uy, Şahrisabz köçasidagi 5-uy, Taras Şevçenko köçasidagi 8A-uy, Sayyid Baraka köçasidagi 3-uy, Mehrjon köçasidagi 4-tuğruqxona oldi, Sayxun köçasidagi 164-uy oldi, Qöyliq-4 mavzesidagi 6-uy va 29B-uy orqasi, Qöyliq-1 mavzesidagi “Korzinka” supermarketi orqasi, Qöyliqota-1 tor köçasidagi 29B-uy röparasi.
Olmazor tumani: “Şifokorlar” MFY, Toşkent halqa yöli köçasidagi ikkita hudud, Universitet köçasidagi ikkita hudud, Qorasaroy köçasi, Kiçik halqa avtomobil yöli va Talabalar köçasi kesişmasi, Soğbon köçasi, Ustaşirin köçasi, Qoraqamiş-1/3 dahasidagi Qiçqiriq kanali böyi.
Sergeli tumani: Yangi Sergeli köçasi, Mehrigiyo köçasi, Mirza Tursunzoda köçasi, Quruvçilar köçasidagi bozorça oldi, Yangi Qöyliq köçasi.
Uçtepa tumani: 15-mavzedagi 14-uy oldi, 24-mavzedagi 2A-uy oldi, Lutfiy va Vatan köçalari çorrahasi, G9-mavzesidagi 1-uy oldi, 23-mavzedagi 5-uy orqasi va 2-uy oldi, 12-mavzedagi 56-uy oldi, Katta Qağni aylanasi oldi, Zargarlik köçasidagi “Elegant” avtomobil yuviş şoxobçasi oldi, Izza va Poygoh köçalari kesişmasi.
Çilonzor tumani: Qatortol köçasidagi 40-uy oldi va 12-uy orqa tomoni, Zargarlik köçasidagi 4-uy oldi va 40–41-uylar orqa tomoni, Al-Xorazmiy köçasidagi 8-uy orqasi, Çöpon ota köçasidagi 6-uy orqa tomoni.
Şayxontohur tumani: Labzak mavzesidagi 9-uy oldi, Taxtapul köçasidagi 64-uy oldi, Matlubot köçasidagi 1-uy oldi, Köktoş tor köçasidagi 11-uy oldi, Alişer Navoiy köçasidagi 43- va 27-uylar oldi, Janggoh mavzesidagi 1-uy oldi, Çorsu mavzesidagi 4-uy oldi, Qoratoş mavzesidagi 2A-uy oldi, Islom Karimov köçasidagi 16A-uy oldi, General Uzoqov köçasidagi 1A-uy oldi, Kiçik halqa yöli köçasidagi 14-uy oldi.
Yunusobod tumani: “Oloy dehqon bozori” yonidagi “Evos” orqasi, “ÖZEKSPOMARKAZ”ga suv böyidan kiriş qismi, Xotira maydoni, “Quriliş markazi” orqa tomoni, “Xorazm” kafesi qarşisi, “Kulol nur” restorani yon tomoni, Toşkent farmatsevtika instituti qarşisi, Yunusota va Yangi Yunusobod köçalari kesişmasi, Yangi şahar köçasidagi kosmetika dökoni oldi, “Semaşko” şifoxonasi oldi, Alfraganus universiteti kiriş qismi, Yangi şahar köçasidagi 16-uy oldi.
Yakkasaroy tumani: Bobur köçasidagi 71-uy oldi, Quşbegi köçasidagi 6-uy oldi, Boşliq köçasidagi 6-uy oldi, Şota Rustaveli köçasidagi 83-uy orqa tomoni.
Yangihayot tumani: Qörğontepa köçasidagi 66-sonli poliklinika oldi, Özar köçasidagi 64–65-uylar oldi, Çoştepa köçasidagi 181-, 222- va 398A-uylar oldi, “Yangihayot” MFYdagi 4-uy oldi, Mehrigiyo köçasidagi 18-uy oldi, Qipçoq şohköçasidagi Turon metro bekati oldi va 32-uy oldi, Xonobodtepa şohköçasidagi 229/12-uy oldi, Çoştepa köçasidagi 398A-uy oldi, Qörğontepa köçasidagi 1-sonli poliklinika oldi, Katta halqa yöli köçasidagi 59A-uy oldi.
Yaşnobod tumani: Töyona köçasidagi 80-uy oldi, Tolariq köçasidagi 40-uy oldi, Yakkatol köçasidagi Xalq banki oldi, 28-oilaviy poliklinika atrofi, 72-uy atrofi, Maşinasozlar metro bekati atrofi, Mirzo Uluğbek va Mahtumquli köçalari kesişmasi, Töytepa köçasidagi 1-uy oldi, Ohanrabo köçasi, Ohanrabo va Xonobodtepa köçalari kesişmasi.
Qaror ijrosini ta’minlaş Toşkent şahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari zimmasiga yuklangan. Loyihalarning quriliş me’yorlariga muvofiq amalga oşirilişi ustidan nazoratni esa şahar hokimining birinçi örinbosari olib boradi.
Live
Barchasi